Markaziy Osiyodagi fitnes industriyasini transformatsiya qilmoqdamiz
Deepen — bu O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi fitnes studiyalar uchun birinchi ERP tizimi bo‘lib, fitnes-biznesini boshqarishni soddalashtirish uchun ishlab chiqilgan.
Bizning missiyamiz — ma’muriy jarayonlarni avtomatlashtirish, qog‘ozbozlikni yo‘qotish va mijozlar, jadval, moliya va boshqa ish jarayonlarini boshqarish uchun qulay vositalarni taqdim etishdir.
Kompaniya asoschisi Farhod Furkatov sport va sog‘lom turmush tarzining katta tarafdori hisoblanadi. U muntazam ravishda Ironman kabi jahon marafonlarida ishtirok etadi va fitnes g‘oyalarini faol targ‘ib qiladi. Sportga bo‘lgan ishtiyoqi uni O‘zbekistonda fitnes industriyasini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni yaratishga ilhomlantirdi.
Masshtablash: Deepen ERP tizimi O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi 80 dan ortiq fitnes studiyalarda joriy etilgan.
Xalqaro e’tirof: BIBAN24 (Ar-Riyod) tadbirida ishtirok etish Deepen yechimlarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkonini berdi. Biz ikki marotaba Smart Fitness Academy bilan hamkorlik qilganmiz, bu esa professional fitnes hamjamiyatida pozitsiyamizni mustahkamladi.
Investitsion baholash: Deepen startapi birinchi faoliyat yilida $750 000 baholovga erishdi.
Deepen nafaqat studiyalar boshqaruvini, balki butun fitnes hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlaydi, mintaqada sog‘liq ekotizimini yaratadi. Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda faol va samarali hayot tarzini targ‘ib etamiz.
2024 yil bo‘yicha muhim faktlar: